Kaliforniyadagi yong’in haligacha nazorat ostiga olinolmadi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida, haligacha nazorat ostiga olinolmagan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 21 nafarga yetdi.

826296
Kaliforniyadagi yong’in haligacha nazorat ostiga olinolmadi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida, haligacha nazorat ostiga olinolmagan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 21 nafarga yetdi. Jon berganlardan tashqari minglab kishi uy-joysiz qoldi. Roppa-rosa 68.800 gektarlik maydonni yoqib kulga aylantirgan jami 22 o’rmon yong’ini uchun yurt bo’ylab qariyb 8 000 nafar o’t o’chiruvchi yordamga chopdi va ular 200 dan ortiq o’t o’chirish mashinasi, 73 ta vertolyot, 30 ta havo tankeri orqali kurash olib bormoqda. Aytib o’tish joizki yordam uchun AQSh armiyasi ham askar yubordi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Kaliforniya , #yong'in

Aloqador xabarlar