Rossiya Eron inqilob qo’riqchilarining terror tashkiloti ro’yxatiga kiritilishiga qarshi chiqmoqda

Rossiyaning Afg’onistondagi vakili Zamir Kabulov:“AQShning Eron inqilob qo’riqchilarini terror tashkiloti ro’yxatiga kiritishini ijobiy baholamaymiz”,-dedi.

824579
Rossiya Eron inqilob qo’riqchilarining terror tashkiloti ro’yxatiga kiritilishiga qarshi chiqmoqda

Eron inqilob qo’riqchilarining AQSh tomonidan terror tashkiloti ro’yxatiga kiritilishi to’g’risidagi rejaga Rossiya e’tiroz bildirdi.

Rossiyaning Afg’onistondagi vakili Zamir Kabulov: “AQShning Eron inqilob qo’riqchilarini terror tashkiloti ro’yxatiga kiritishini ijobiy baholamaymiz”,-dedi.

“Biz bunga salbiy munosabatdamiz va Eron inqilob qo’riqchilariga terror tashkiloti sifatida qaramaymiz”,-deydi Zamir Kabulov.

Uning fikricha, AQSh Eron bilan tuzilgan atom shartnomani buzish maqsadida buni rejalashtirmoqda.

Aksincha, Eron inqilob qo’riqchilarini terror tashkiloti ro’yxatiga kiritish jarayoni Suriyadagi vaziyatga ham ta’sir ko’rsatadi.

Eslatib o’tish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp bu hafta Eron bilan BMTga doimiy a’zo mamlakatlar va Yevropa Ittifoqi o’rtasida imzolangan atom shartnomani bekor qilishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Tramp bundan tashqari Eron inqilob qo’riqchilarini terror tashkiloti ro’yxatiga kiritishini ham ma’lum qilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar