AQSh havo kuchlariga oid qirg’in samolyotlar Koreya yarim oroli ustidan uchib o’tdi

Tunda olib borilgan harbiy mashg’ulotdan maqsad AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya o’rtasidagi harbiy hamkorlikni Shimoliy Koreyaga ko’rsatib qo’yishdir.

824750
AQSh havo kuchlariga oid qirg’in samolyotlar Koreya yarim oroli ustidan uchib o’tdi

AQSh havo kuchlariga oid B-1B qirg’in samolyotlari Koreya yarim oroli ustidan uchib o’tdi.

Amerika qurolli kuchlari bayonotiga ko’ra, Guam orolidan parvoz qilgan ikkita qirg’in samolyotiga Janubiy Koreya va Yaponiya jangovar samolyotlari hamrohlik qilgan.

Tunda olib borilgan harbiy mashg’ulotdan maqsad AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya o’rtasidagi harbiy hamkorlikni Shimoliy Koreyaga ko’rsatib qo’yishdir.

Ya’ni, Shimoliy Koreyaning atom tahdidiga qarshi uch davlatning bir yoqadan bosh chiqarganini ko’rsatishdan iborat.

Darvoqe, shimoliy koreyalik kompyuter qaroqchilari Janubiy Koreya va AQSh tomonidan tayyorlangan ehtimoliy urush rejasi o’rin olgan mahfiy hujjatlarni o’g’irlaganligi iddao qilinmoqda.

Yonhap agentligi xabariga ko’ra, bir yil oldin yuzaga kelgan bu voqeada 235 gigabaytlik harbiy hujjat shimoliy koreyalik kompyuter qaroqchilari tomonidan qo’lga kiritilgani ilgari surildi.

Shimoliy Koreya hukumati esa, bu iddaolarni rad etmoqda.

 



Aloqador xabarlar