Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, rasmiy tashrif bilan Ukrainada...

Prezident Erdo'g'an Ukraina Prezidenri Petro Proshenko bilan yakkama-yaka uchrashdi.

823840
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, rasmiy tashrif bilan Ukrainada...

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, rasmiy tashrif bilan Ukrainada...

Prezident Erdo'g'an Ukraina Prezidenti Petro Proshenko bilan yakkama-yaka uchrashuv o'tkazgandan keyin Oliy Darajali Strategik Kegash Yig'ilishi ortidan mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Ukrainining hududda xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik jihatidan katta ahamiyati bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an, "Bu nuqtai nazardan biz strategik yo'l izlaymiz. Ukainani 2003-yili sherigimiz deb e'lon qildik. 2011- yil strategik kengash vujudga keltirib aloqalarimizni yuqori saviyaga ko'tardik. 2012- yil kuchga kirgan vizasiz sayohat shartnomasi tuzdik" deb so'zladi.

Uchrashuvlarda transport, energiya, harbiy aloqalar, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantrish uchun tashlanadigan qadamlarni ko'zdan kechirish imkoni topganliklarini izohlagan Erdo'g'an, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Janob Proshenkoga Ukrainaning suvirenetiti, Qrim ham bo'lib tuproq yaxlitligi va siyosiy birligini qo'llab-quvvatlaganini yana bir bor tilga oldim. Ukrainani tuproqlariga qo'shib olishlari qabul qilinmiz, Qrim tatarlarini dastaklashdan mamnunmiz. Vaziyatni yaqindan kuzatib bu mavzuni xalqaro jamoatchilikda kun tartibiga keltirishga davom etamiz. Qrimdagi bu haqsizlikni bartaraf qilish uchun diplomatik va huquq doirasida tashlanadigan qadalarning ahamiyatiga ishonamiz. Bu mavzuda Ukraina bilan birga harakat qilishga davom etamiz" dedi.

Prezident Erdo'g'an, qamoqda bo'lgan Qrim tatarlarining ahvolini so'ragan bir savolga, "Ozodlikdan mahrum bo'lgan Qrim tatar do'stlarimiz bilan har turli kirishuv va g'ayrat qilishga tayyormiz. Umid qilamanki bu kirishuvlar bir samara beradi. Qrimli qardoshlarimizni ajratmadik bundan keyin ham ayri ko'rmaymiz" deb ifoda etdi.

Prezident Erdo'g'an shuningdek, Qrim tatar jamiyatidan vakillar bilan uchrashdi.

Davlat Mehmonxonasidagi qabul qilish matbuotga yopiq bo'lib o'tdi.



Aloqador xabarlar