Iroq Turkiya va Erondan kurd hududi bilan o’rtadagi chegaralarni yopishni talab qildi

Iroq tashqi ishlar vazirligi Turkiya va Eron elchixonalariga Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan chegaralarni yopish va neft eksporti hamda savdosini cheklash talabi bilan rasmiy yozuv jo’natgan.

822088
Iroq Turkiya va Erondan kurd hududi bilan o’rtadagi chegaralarni yopishni talab qildi

Iroq Turkiya va Erondan Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan o’rtadagi chegaralarni yopishni talab qildi.

Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Iroq tashqi ishlar vazirligi Turkiya va Eron elchixonalariga Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan chegaralarni yopish va neft eksporti hamda savdosini cheklash talabi bilan rasmiy yozuv jo’natgan.

Iroq hukumati qonunlar asosida olingan qarorlarni amalda ro’yobga chiqarish uchun Turkiya va Eron bilan hamkorlik qilmoqda.

Tomonlar o’rtasidagi faoliyatlarda yaxshi qo’shnichilik aloqalari, Iroqning mustaqilligiga hurmat, o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va mushtarak tahlikalarga qarshi kurash kabi prinsiplar asos qilib olinishi kerakligi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar