Afg'onistonda Tolibonning hujumi 22 nafar xavfsizlik xodimining hayotiga zomin bo'ldi

Tolibon jangarilari Afg’onistonning Uruzgan viloyati Cho’ra tumanidagi nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi.

820685
Afg'onistonda Tolibonning hujumi 22 nafar xavfsizlik xodimining hayotiga zomin bo'ldi

Tolibon jangarilari Afg’onistonning Uruzgan viloyati Cho’ra tumanidagi nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi.

Hujumda 22 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Cho’ra tumani hokimi Aminullah Xoliqiy bu haqda bayonot berdi.

“Toliblar tumanning Niyazian mahallasidagi harbiy nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi. Hujumda 18 ta harbiy va 4 ta politsiya xodimi halok bo’ldi. Toliblardan ham o’lganlar bor”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #Uruzgan viloyati , #hujum

Aloqador xabarlar