Fransiyada yong’inni qastdan sodir qilganlikda ayblangan shaxs o'z aybiga iqror bo'ldi

“Yong’inning qastdan sodir qilinganini taxmin qilyabmiz. Qo’limizdagi dalillar buni isbotlab turibdi”,-deydi Myuluz shahar prokurarori Dominique Alzeari.

819893
Fransiyada yong’inni qastdan sodir qilganlikda ayblangan shaxs o'z aybiga iqror bo'ldi

2-oktabrga o‘tar kechasi Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan Myuluz shahridagi turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohat oldi.

Halok bo’lganlarning uch nafari turk millatiga mansub.

Yong’inni qastdan sodir qilganlikda ayblanib qo’lga olingan shaxs tergov jarayonida o’z aybiga iqror bo’ldi.

Fransiya mediasida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, 28 yoshda bo’lgan va o’sha binoda istiqomat qilgan shaxs yonib turgan sigaretni binoning ichiga otib yuborgan va yong’in kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Mahalliy DNA gazetasi, ayblanuvchining sudda ifoda berishi uchun prokuraturaga topshirilganini yozdi.

“Yong’inning qastdan sodir qilinganini taxmin qilyabmiz. Qo’limizdagi dalillar buni isbotlab turibdi”,-deydi Myuluz shahar prokurarori Dominique Alzeari.

Ayblanuvchi shaxs bundan oldin ham qastdan o’t qo’yish va uyga bosqin uyushtirish kabi bir qancha jinoyatlarga qo’l urgani aniqlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #yong'in , #Myuluz

Aloqador xabarlar