Malayziya tashqi savdo vaziri Mustapa Mohamed Turkiyada...

Mohamed, "Ta'lim, turizm, salomatlik, oziq-ovqat, energiya va mudofaa sanoati bo'lib turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni istaymiz" dedi.

817095
Malayziya tashqi savdo vaziri Mustapa Mohamed Turkiyada...

Malayziya tashqi savdoni rivojlantirish kengashidan (Matrade) berilgan bayonotga ko'ra, o'zaro uchrashuvlar o'tkazish maqsadida Turkiyaga tashrif etgan Dato Sri Mustapa Mohamed, Turkiya-Malayziya o'rtasidagi mavjud savdo hajimining o'tgan yilga qaraganda 64 % o'sib 1 milliard 620 million dollarga borib yetganini qayd etdi.

Ikki mamlakat o'rtasida 2015 yili tuzilgan erkin savdo shartnomasiga ko'ra deyarli 3 milliard dollar savdo hajmi bo'lganini eslatgan Muhamed, 2020 yili bu raqamning 5 milliard dollarga chiqishini bildirdi.

Mohamed, ayrim sektorlarda hamkorlikni rivojlantirishni istaganliklarini bildirib, "Ta'lim, turizm, salomatlik, oziq-ovqat, energiya va mudofaa sanoati bo'lib turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni istaymiz" dedi.

Malayziyali shirkatlarning Turkiyaga 2 milliard 630 million dollar sarmoya kiritganini ifoda etgan Mohamed, Turkiyaning Malayziya uchun eng katta 24. savdo sherikligiga aylanganini takidladi.


Tanlangan kalimalar: #malayziya , #savdo vaziri , #turkiyada

Aloqador xabarlar