Erdo'g'an-Putin uchrashuv o'tkazgandan keyin matbuotga bayonot berdi...

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an, Rossiya bilan aloqalarning kuchlanib borishidan mamnun ekanligini ifoda etdi.

816725
Erdo'g'an-Putin uchrashuv o'tkazgandan keyin matbuotga bayonot berdi...

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an, Rossiya bilan aloqalarning kuchlanib borishidan mamnun ekanligini ifoda etdi.

Erdo'g'an bilan, ish ziyorati doirasida Anqaraga tashrif etgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, yakkama-yakka va hayatlararo uchrashuvlar ortidan matbuot anjumani o'tkazdi.

Mintaqaviy va o'zaro aloqalarni ko'zdan kechirganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, ikki tomonli aloqalar uchun tijorat va turizmning katta ahamiyati bo'lganini bildirdi.

Ushbu ikki sektorda, joriy yilning ilk 7 oyida muhim o'zgarishlar bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an, Turk Oqimi va Akkuyu YS kabi enegiya loyihalaridagi ayrim kamchiliklarni ham zudlik bilan bartaraf qilinishiga diqqat qaratdi.

Rossiya bilan 'Suriya va Iroq'ning yaxlitligini muhofaza etish mavzusida hamfikrmiz' degan Erdo'g'an, Iroq mintaqaviy kurt boshqaruvining (IMKB) ogohlantiruvlarga qaramasdan referendum o'tkazganini eslatib, yana katta xatolarning oldini olish kerakligida diqqat qaratdi.

Erdo'g'an, 

"Hech kimning hududimizga xavf yaratishga haqi yo'q" dedi.

Putin bilan Suriyaning Idlib shahrida vujudga keltirilgan xavfsiz hudud mavzusini muhokama qilganliklarini ifoda etgan prezident Erdo'g'an, kelajakda, Moskva boshqaruvi bilan Suriya mavzusida siyosiy bir yechim topish uchun hamkorlikni davom ettirish borasida hamfikr bo'lganliklarini bildirdi. Erdo'g'an, kelajakda, Moskva boshqaruvi bilan Suriya mavzusida hamkorlik va uchrashuvlarning ko'payishini bildirdi.

Vladimir Putin esa, Erdo'g'an bilan o'zaro va mintaqaviy mavzularni samimiy va ijobiy muhitda muhokama qilganliklariga diqqat qaratdi.

Vladimir Putin, "Xavfsiz muhit may oyi janob Erdo'g'an bilan Sochidagi uchrashuvda kun tartibiga kelgan edi. Xavfsiz muhit vujudga keltirish faoliyatlari mashshaqatli bo'ldi. Kerak bo'lsa Suriyadagi tomonlar kerak bo'lsa kafolatchi davlatlar Rossiya, Turkiya va Eron jihatidan mushkul ahvol. Ammmo bu mashshaqatlarga qaramasdan ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Bu muvaffaqiyat do'stim janob Erdo'g'anning sa'y harakatlari bilan qo'lga kiritildi" dedi.

Rus lider, bu hududlarda qardoshlarning bir-biri bilan bo'lgan jangini to'xtatish, terrorchilikni yo'q qilish uchun g'ayratlarni qo'llab-quvvatlash kerakligini bildirdi.

IKMBning referendum o'tkazishini, Rossiya tashqi ishlar vazirligi "Iroqning tuproq yaxlitligiga rioya qilamiz' degan ifodasini takror tilga oldi.

Erdo'g'an bilan energiya sohasida mavjud loyihalarni ham muhokama qilganliklarini ifoda etgan rus rahbar, bunlarni o'z vaqtida hayotga tatbiq etish uchun hamfikr bo'lganliklariga diqqat qaratdi.



Aloqador xabarlar