Qatar Mahalliy Inson Haqlari rahbari Ali bin Amin Marri mavjud vaziyatni baholadi...

Qatar vakili Qatarga sanktsiya tatbiq etgan davlatlarni xalqaro shartnomalarga rioya qilmagan davlatlar joy olgan "Qora ro'yxatga" kiritishga chaqirdi.

815099
Qatar Mahalliy Inson Haqlari rahbari Ali bin Amin Marri mavjud vaziyatni baholadi...

Qatar hukumatiga bog'li Mahalliy Inson Haqlari Komiteti rahbari Ali bin Amih Marri, Amerika kongressini, Qatarga sanktsiya tatbiq etgan davlatlarni xalqaro shartnomalarga rioya qilmagan davlatlar joy olgan "Qora ro'yxatga" kiritishga chaqirdi.

Qatar rasmiy xabar agentligi QNA, Amerika qo'shma shtatlariga (Aqsh) safar qilgan Marrining, Aqsh kongressi inson haqlarini kuzatish komissiyasi rahbari Tom Lantos bilan ko'rishdi.

Uchrashuvda Marrining, Washington boshqaruvidan, Qatarga tatbiq etilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun zudlik bilan faoliyatga o'tishini istadi va santsiya tatbiq etgan davlatlarni xalqaro shartnomalarga rioya qilmaslik bilan aybladi.

Boshqa tomonda, Qatar mudofaa vaziri Halid bin Muhammed el-Attiya, "To'rt tomondan tatbiq etilgan sanktsiyalar bizni yana ham kuchlantirgandir" dedi.

Qatar rasmiy xabar agentligi QNAning xabar qilishicha, Qatardagi Carnegie Mellon Universitetida "Siber hujum: Iqtisodiy va Ijtimoiy ta'siri" mavzuli konferensiyada so'zlagan Attiya, Qatar bilan ayrim Arab davlatlari o'rtasidagi inriqozga diqqat qaratib, o'lkasining bunga qarshi qo'yganini va bu jarayonni o'tish kuchi borligini izohladi.

Qatarga qarshi uslub izlafgan davlatlar, May oyi QNA siber hujum uyushtirib xalqaro jamoatchilikka qarshi santsiyani rasmiylashtirishga harakat qilganiga diqqat qaratgan Atiyya, "Har tomondan tatbiq etilgan sanktsiyaga qarshi yana ham kuchlandik" deb ifoda etdi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Saudiya Arabiston 5-Iyul kuni "Terrorni dastaklaganini" da'vo qilinib, diplomatik aloqalarni uzgan Qatarga sanktsiya qo'yishga boshlagan edi.



Aloqador xabarlar