Olimlarning aytishicha ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari xavf ostida

Olimlarning aytishicha ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari xavf ostida va hatto kartoshka, qahva va kakao 2055-yilgacha yo’q bo’lib ketishi mumkin.

815135
Olimlarning aytishicha ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari xavf ostida

Olimlarning aytishicha ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari xavf ostida va hatto kartoshka, qahva va kakao 2055-yilgacha yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Olimlar global isishning oziq-ovqat manbaalarini xavf ostiga qo’yishi va ayrim oziq-ovqat turlarining yo’q bo’lib ketishi xavfi borligi haqidagi ogohlantirishlariin takrorladi.

Biologik xilma-xillik bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yuritgan va “Bioversity International” deb nomlangan mutaxassis guruhi tomonidan tarqatilgan bir ma’lumotga ko’ra global isish kasalliklar va agroximikatlar yuzasidan faqatgina yovvoyi hayotni emas ayni vaqtda odam bolasining eng asosiy oziq-ovqat manbaalarini ham xavf ostiga qo’ymoqda.

Olimlar bu vaziyatni “Oltinchi Ommaviy qirg’in” deb nomladi.

Tadqiqot natijalariga ko’ra roppa-rosa 940 ta o’simlik va hayvon turi yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Dunyodagi asosiy oziq-ovqat manbaalarining uchdan ikki qismi 12 ta ekin va 5 ta hayvon turiga bog’liq ekanligiga e’tibor qaratilgan tadqiqot, bu ham bo’lsa o’z navbatida jahon oziq-ovqat ta’minotini iqlim o’zgarishi kabi katta o’zgarishlarga qarshi zaiflashtirganligini ko’rsatmoqda.

Tadqiqotga ko’ra qahva, kakao va don ishlab chiqarishda ishlatiladigan mahsulotlarni yetishtirishning tobora qiyinlashib, hatto ularning ishlab chiqarilishi imkonsiz holga aylanishi mumkinligi ham qayd etilmoqda.

Taxminlarga ko’ra yovvoyi muhitdagi kartoshga turlarinining 22 foizi 2055-yilgacha yo’qolib ketishi mumkin.

Gana va Fil suyagi qirg’og’i kabi dunyoning shokolad ishlab chiqaruvchilari ehtiyoji bo’lgan kakaoning 70 foizini ta’minlaydigan davlatlarda, iqlim o’zgarishi oqibatida 40 yildan keyin “biron bir kakao daraxtining qolmasligi” ham taxminlar ro’yhatiga kiritilgan.

Bioversity International tadqiqot guruhi rahbari Ann Tutviler,

“O’simliklar va hayvonlar yovvoyi hayot bilan birga xavf ostida. Bunga hech e’tibor qaratilmayapdi. Agar o’simlik va hayvon turlari himoya qilinmagudek bo’lsa unda oziq-ovqat mahsulotlari, bugungi kunda tobora ortib borayotgan dunyo aholisiga yetmay qolishi mumkin” dedi.

 



Aloqador xabarlar