IKMM bugun noqonuniy ravishda, mustaqil davlat bo’lish uchun referendum o’tkazmoqda

Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati Iroq federal sudining konstitutsiyaga to’g’ri kelmasligini e’lon etishiga qaramay bugun mustaqil davlat bo’lish uchun noqonuniy ravishda, referendum o’tkazmoqda.

813316
IKMM bugun noqonuniy ravishda, mustaqil davlat bo’lish uchun referendum o’tkazmoqda

Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati Iroq federal sudining konstitutsiyaga to’g’ri kelmasligini e’lon etishiga qaramay bugun mustaqil davlat bo’lish uchun noqonuniy ravishda referendum o’tkazmoqda.

Hozirda mintaqada ovoz berish ishlari boshlagan vaziyatda. 

IKMM tomonidan bir tomonli qabul qilingan, turkman va arablar tomonidan boykot e’lon qilingan noqonuniy referendum uchun mamlakatning Arbil, Sulaymoniya va Doxuk viloyatlari bilan birga maqomi bahsli hisoblangan Kerkuk viloyati, Salohiddin viloyatining Tuzhurmatu tumani, Diyalaning Hanekin tumani va Jelavla bilan Qoratepa shaharchalarida ovoz berish uchastkasi tuzildi.    

Referendum yaqindagina DEASh terror tashkiloti qo’lidan qaytarib olingan Mosul viloyatining Sanjar, Mahmur, Telkeyf, Hamdaniye, Sheyhun tumanlari bilan Zummar, Rabia, Nemrud va Bartilla shaharlarida ham o’tkazilmoqda.

Roppa-rosa 7 ming nafari IKMM ichida, 5 ming nafari bahsli hududlarda bo’lish bilan birga 12 ming manzilda tuzilgan saylov uchastkasida qariyb 5 million 200 ming saylovchining ovoz berishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar