Eron Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvini sanksiyaga mahkum qildi

Eron Bog’dod hukumatining talabi bilan Erbil va Suleymaniyadan parvoz qilgan samolyotlarga havo maydonini ta'qiqladi.

813037
Eron Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvini sanksiyaga mahkum qildi

Eron Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesud Barzaniyni mustaqillik referendumiga tashabbusi tufayli sanksiyaga mahkum qildi.

Eron Bog’dod hukumatining talabi bilan Erbil va Suleymaniyadan parvoz qilgan samolyotlarga havo maydonini ta'qiqladi.

Eron milliy xavfsizlik kengashi kotibi Keyvan Husraviy bu haqda ma’lum qildi.

“Iroq markaziy hukumatining talabi bilan Suleymaniya va Erbildan parvoz qilgan samolyotlarga havo maydonini ta'qiqladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Ayni paytda, Erondan Erbil va Suleymaniyaga samolyot safarlari bekor qilindi.

Eron kecha erta tongda Iroqning Erbil shahriga qarashli tog’liq chegara hududlarini portlatdi.

Shuningdek, Eron mamlakatning shimoli g’arbida harbiy mashg’ulot boshlanganini e’lon qildi.

Ushbu harbiy mashg’ulotning Iroq shimolidagi chegara zonasida o’tkazilayotgani diqqat qaratdi.

 

 



Aloqador xabarlar