AQSh Misrga berilayotgan harbiy yordamlarni to’xtatmoqchi...

Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralari doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp Misr prezidenti Abdulfattoh Es-Sisi bilan uchrashgan.

811158
AQSh Misrga berilayotgan harbiy yordamlarni to’xtatmoqchi...

AQSh Misrga berilgan harbiy yordamlarni to’xtatish masalasini ko’zdan kechirmoqda.

Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

Misr matbuotida yoritilgan xabarga ko’ra, Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralari doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp Misr prezidenti Abdulfattoh Es-Sisi bilan uchrashgan.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Tramp ikki davlat o’rtasida mustahkam aloqalar mavjudligiga e’tibor qaratgan.

Abdulfattoh Es-Sisi Misrga ko’rsatilayotgan yordamlar tufayli AQShga minnatdorchilik bildirgan.

Tramp AQShning Misrga ko’rsatilayotgan yordamlarni to’xtatish rejasi bilan bog’liq savolga, “Shubhasiz, bu masalani ko’zdan kechiramiz”,-deya javob berdi.

Reuters xabar agentligining Oq Uy manbalariga iqtibos keltirib bergan xabariga ko’ra, AQSh inson huquqlari va demokratiya bo’yicha hech qanday siljish ta’minlanmagani tufayli, Misrga ajratilgan byudjetning 95.7 mln dollarini to’lamaslikni, 195 mln dollarini kechiktirishni rejalamoqda.

Misr bilan Isroil o’rtasida 1979 yilda tuzilgan "Camp David" tinchlik bitimiga binoan, AQSh Misrga 1.3 mlrd dollari harbiy sohada bo’lib, yilda jami 1.5 mlrd dollar yordam o’tkazmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar