Buyuk Britaniya Myanma qo’shini bilan harbiy aloqalarni to’xtatdi

“Myanmada rohingya musulmonlarining taqdiridan xavotirdamiz. Ularga qarshi olib borilgan harbiy operatsiya to’xtatilishi kerak”,-deydi Tereza Mey BMTda so’zlagan nutqida.

810489
Buyuk Britaniya Myanma qo’shini bilan harbiy aloqalarni to’xtatdi

Buyuk Britaniya Myanma qo’shini bilan harbiy aloqalarni butkul to’xtatdi.

Shuningdek, Myanma qo’shiniga berilgan harbiy ta’limni ham bekor qildi.

Mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida bu mavzuga alohida to’xtalib o'tdi.

“Myanmada rohingya musulmonlarining taqdiridan xavotirdamiz. Ularga qarshi olib borilgan harbiy operatsiya to’xtatilishi kerak”,-deydi Tereza Mey BMTda so’zlagan nutqida.

Rohingya musulmonlari tirik qolish uchun boshqa davlatlarga qochishga majbur bo’layotganini tilga olgan Tereza Mey: “Myanma hukumati va lideri Do Aun San Su Chji musulmonlarga nisbatan qirg’inni to’xtatishni buyurishi zarur”,-dedi.

Tereza Mey o’z nutqida tilga olganidek, xalqaro hamjamiyat ham Arakan musulmonlarining taqdiridan xavotirda.

“Buyuk Britaniya hukumati sifatida ushbu masala hal bo’lgunicha, Myanma qurolli kuchlari bilan mudofaa sohasidagi barcha aloqalarimizni va qo’shinni harbiy ta’lim bilan ta’minlashni to’xtatishimizni rasman e’lon qilaman”,-deydi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey BMTda so’zlagan nutqida.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Buyuk Britaniya Myanma qurolli kuchlariga yilda 305 ming sterlin byudjet ajratmoqda. Ushbu byudjet doirasida Myanmani demokratiya, yetakchilik va inglizcha ta’lim imkoniyatlari bilan ta’minlab keladi.

Shu yilning 25 avgustidan buyon Myanmadagi etnik qirg’inlarda minglab musulmon qatl etildi.

Myanma hukumati mamlakatga kirish va chiqishlarga ruhsat bermagani sababli, qurbonlar sonini aniqlab bo'lmayotir.

Etnik qirg’inda Myanma qurolli kuchlari va o’ta millatchi buddistlar tomonidan 200 ta qishloq yoqib yuborildi yoki xonavayron qilindi.

10 mingdan ziyod musulmon hamon boshqa mamlakatlarga qochishga urinmoqda.

Qirg’indan qochgan musulmonlar tog’liq hududlar osha yoki Naf daryosi osha dengiz orqali Bangladeshga sig’inmoqda.

Xozirda Arakandan Bangladeshga 421 ming musulmon qochib o’tishga muvaffaq bo’lgan.

 

 



Aloqador xabarlar