Iroqdagi AQSh harbiy bazasiga hujum sodir qilindi

Mayor Subxon Hamid ma’lum qilishicha, terror tashkiloti DAIShning 3 nafar jangarisi AQSh harbiy bazasi oldida o’zini portlatmoqchi bo’lishgan.

808631
Iroqdagi AQSh harbiy bazasiga hujum sodir qilindi

Iroqning Erbil viloyatiga qarashli Mahmur tumanida joylashgan AQSh harbiy bazasiga hujum sodir qilindi.

Mo’sul qo’shma harbiy mashg’ulotlar qo’mondonligida xizmat qilgan mayor Subxon Hamid ma’lum qilishicha, terror tashkiloti DAIShning 3 nafar jangarisi AQSh harbiy bazasi oldida o’zini portlatmoqchi bo’lishgan.

Harbiy bazasini qo’riqlagan askarlar bunga qarshilik ko’rsatishi natijasida, bir jangari yonidagi bombani portlatib yuborgan.

Keyingi jangari esa, askarlar tomonidan to’xtatib qolingan.

Portlash oqibatida harbiy bazada jabrlangan askarlar soni haqida biron ma’lumot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #harbiy baza , #Iroq , #Mo'sul , #DAISh , #portlash

Aloqador xabarlar