Yusuf Al-Karadavi arab davlatlarini rohingya musulmonlariga nisbatan befarqlikda aybladi

Jahon musulmon olimlar ittifoqi rahbari Yusuf Al-Karadavi islom dunyosi va arab davlatlarini Arakandagi rohingya musulmonlariga nisbatan sodir qilinayotgan qatliomni to’xtatishga chaqirdi.

803470
Yusuf Al-Karadavi arab davlatlarini rohingya musulmonlariga nisbatan befarqlikda aybladi

Jahon musulmon olimlar ittifoqi rahbari Yusuf Al-Karadavi islom dunyosi va arab davlatlarini Arakandagi rohingya musulmonlariga nisbatan sodir qilinayotgan qatliomni to’xtatishga chaqirdi.

“Myanmadagi qardoshlaridan Alloh yo’lida javobgar bo’lgan va bu e’tiborsizligi tufayli Allohga hisob berishga majbur bo’lgan arab va islom davlatlariga hitob qilaman. Islom davlatlari agar xohlasa, zolim Myanma hukumatiga xalqaro mavqeyidan foydalanib, iqtisodiy va siyosiy bosim o’tkazishi mumkin”,-deydi Yusuf Al-Karadavi.

U “Ba’zi etnik xalqlar katta davlatlardan kuch olgan holda, Myanma hukumatini to’g’ri yo’lga solishga harakat qilganini guvohi bo’ldik. Islom dini, xatto dushman bilan jang qilib bo’lsa ham mazlumlarni qutqarishni bizga buyurgan”,-deya islom davlatlarini darhol qatliomni to’xtatishga chaqirdi.

Turkiyaning rohingya musulmonlariga nisbatan munosabatini taqdirlagan Karadavi: “Turkiyaning va janob prezident Erdo’g’onning g’ayrati, faol diplomatik sa’y-harakatlari va muhim ro’l o’ynagani tahsinga loyiq”,-dedi. U Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’onning rafiqasi Emine Erdo’g’on va hamrohligidagi delegatsiyaning Bangladeshga sig’ingan rohingya musulmonlari holidan xabar olganini o’rnak qilib ko’rsatdi.

Qolaversa, rohingya musulmonlarining dardiga malham bo’lish va azobini biroz bo’lsa ham tindirish muhim ekanini ta’kidladi.

Arab davlatlarining e’tiborsizligini tanqid qilgan Karadavi o’zaro nizolar va kelishmovchiliklar bilan mashg’ul bo’lish arab davlatlarining musulmon qardoshlari oldidagi mas’uliyatidan forig’ qilmasligini ta’kidladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar