Meksika Tinch okeani sohilida qattiq yer silkinishi kuzatildi

Yer silkinishi qariyb 1000 kilometrlik masofadan ham his qilinar ekan poytaxt Mexiko shahridagi silkinish 4 daqiqagacha davom etgan va shaharning yirik qismi qorong’ilikga ko’milgan.

803436
Meksika Tinch okeani sohilida qattiq yer silkinishi kuzatildi

Meksika Tinch okeani sohilida qattiq yer silkinishi kuzatildi.

Meksika seysmologiya xizmati tarqatgan ma’lumotga ko’ra uning magnitudasi 8.4 ballga yetar ekan epitsentri, 33 kilometr teranglikda deya aniqlangan.

Yer silkinishi qariyb 1000 kilometrlik masofadan ham his qilinar ekan poytaxt Mexiko shaxridagi silkinish 4 daqiqagacha davom etgan va shaharning yirik qismi qorong’ilikga ko’milgan.

Mahalliy vaqt bilan 22.49’da yuz bergan yer silkinishi ortidan Markaziy Amerika mamlakatlarining Tinch okeani sohillarida tsunami xavfi borasida ogohlantirish faoliyatlari yuritilgan.

Aytib o’tish joizki Tinch okeani Tsunamidan ogohlantirish markazi ham mintaqada 70 santimetr balandlikda tsunami to’lqini aniqlaganliklarini e’lon qildi.

Birinchi aniqlashlarga ko’ra Meksikaning janubidagi Chiapas shtatida 5 kishi jon berar ekan hozirda umumiy jon berganlar soni 32 nafarga yetdi. 

 



Aloqador xabarlar