Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya, 2017-2019 hamkorlik dasturi tuzdi

Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya, 2017-2019 uch tomonli hamkorlik dasturi tuzdi.

802370
Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya, 2017-2019 hamkorlik dasturi tuzdi

Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya, 2017-2019 uch tomonli hamkorlik dasturi tuzdi.

Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya tashqi ishlar vazirlar yig'ilishi Ozarbayjonning poytaxti Bokuda bo'lib o'tdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, 6. uyushtirilgan yig'ilishga Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Memedyarov va Gruziya tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze bilan ko'rishdi.

Yig'ilishda, uch davlat tashqi ishlar vazirlari siyosiy, iqtisodiy va madaniy mavzularda fikr almashdi.

Yig'ilishdan keyin 2017-2019 uch tomonli hamkorlik faoliyat dasturiga qo'l qo'yildi.

Chavushog'lu, Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya o'rtasida vujudga kelgan uch tomonli mexanizmning ahamiyatiga diqqat qaratib, "Uch tomonli hamkorlik hududning rivoj topishi va iqtisodiyotining tiklanishiga katta hissa qo'shadi. Ko'p sonda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda" dedi.

Mevlud Chavushog'lu, Abxaziya va Qorabog' masalalarida o'lka butunligi doirasida va tinchliksevar yechim topish kerakligiga diqqat qaratdi.

Chavushog'lu, Memedyarov va Janelidze bilan o'zaro uchrashuvlar ham o'tkazdi.

Mevlud Chavushog'lu, kuni kecha Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan ham qabul qilindi.



Aloqador xabarlar