De Mistura, Suriyadagi tomonlarning oxirgi vaziyatini baholadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, Suriyadagi tomonlarning oxirgi vaziyatini baholadi.

803065
De Mistura, Suriyadagi tomonlarning oxirgi vaziyatini baholadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, Suriya muxolifatining Davlat rahbari Bashar al-Asadga qarshi olib borgan kurashda g’olib bo’lolmaganliklari haqidagi haqiqatni bundan buyon anglab yetishlari kerakligini qayd etdi.

De Mistura, kecha jurnalistlarga bergan bayonotida quyidagi ifodalarga o’rin berdi:

“Muxolifat uchun hammasi ma’lum. Agar kurashda g’olib bo’lishni rejalashtirgan bo’lsalar unda haqiqat o’rtada”.

De Mistura endi, “tinchlik vaqti” ekanligini ham o’z so’ziga ilov etdi.

Staffan de Mistura muammoni hal qilishdagi yagona yo’lning esa yetakchilarning uzoq muddatli siyosiy yo’l xaritasi chizishlari kerakligini aks holda mintaqada, DEASh terror tashkilotining yangi versiyasining paydo bo’lishi mumkunligini ta’kidladi.

Suriya Davlat rahbari Bashar al-Asadning huddi mana shu kurashda g’olib bo’lib, bo’lmaganligi haqidagi savolga esa Mistura, buning noma’lum ekanligini va Suriya hukumat kuchlarining harbiy jihatdan oldinda ekanligini eslatdi.

Qozog’iston poytaxti Ostonadagi tinchlik muzokaralarining navbatdagi bosqichida ishtirok etishni rejalashtirgan De Mistura, Idlibdagi vaziyatning hal qilinishini umid qilganligini aytishni ham unutmadi.  



Aloqador xabarlar