Keniya Davlat rahbarligi uchun takror saylov bo'lib o'tadi

Keniya Mustaqil saylov va chegaralar komissiyasi, Oliy Sud tomonidan natijasi bekor qilingan 8-avgustdagi Davlat rahbarligi saylovining 17-oktabr kuni takror bo’lib o’tishini ma’lum qildi.

801681
Keniya Davlat rahbarligi uchun takror saylov bo'lib o'tadi

Keniya Mustaqil saylov va chegaralar komissiyasi yozma ravishdagi bayonoti orqali, Oliy Sud tomonidan natijasi bekor qilingan 8-avgustdagi Davlat rahbarligi saylovining 17-oktabr kuni takror bo’lib o’tishini ma’lum qildi.

Bayonotda shuningdek, amaldagi davlat rahbari Uhuru Kenyatta bilan muxolifat nomzod Raila Odinganing kuch sinashajagi qayd etildi.

O’tgan oyda bo’lib o’tgan saylovda, davlat rahbarligi uchun kuch sinashgan muxolifat nomzod Ekuru Aukot, ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, faqatgina ikkita nomzodning kuch sinashganligiga e’tiroz bildirib, bu borada Sudga murojaat qilmoqchi ekanligini bildirgan edi.

Keniya Mustaqil saylov va chegaralar komissiyasi 8-avgustdagi saylovda berilgan ovozlarning 54.27 foizini olgan Kenyattaning takror Keniya Davlat rahbari etib saylanganligini, muxolifat nomzod Odinganing esa 44.74 foizlik ovoz bilan mag’lubiyatga uchraganligini e’lon qilgan edi.



Aloqador xabarlar