Falastin olimlar hay’ati xalqaro hamjamiyatni Myanmadagi musulmonlarni qutqarishga chaqirdi

“Myanmada musulmonlarga nisbatan sodir qilinayotgan jinoyatlar butun insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Bu barcha islom olamiga haqoratdir”,-deyiladi Falastin olimlar hay’ati bayonotida.

801947
Falastin olimlar hay’ati xalqaro hamjamiyatni Myanmadagi musulmonlarni qutqarishga chaqirdi

Falastin olimlar hay’ati Myanmaning Arakan viloyatidagi musulmonlarni qutqarish uchun xalqaro hamjamiyatni darhol chora ko’rishga chaqirdi.

“Myanmada musulmonlarga nisbatan sodir qilinayotgan jinoyatlar butun insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Bu barcha islom olamiga haqoratdir”,-deyiladi Falastin olimlar hay’ati bayonotida.

Burma hukumatiga tegishli qurolli kuchlar bilan buddist rohiblar tomonidan Arakandagi musulmonlarga nisbatan sodir qilinayotgan qatliomlarni to’xtatish uchun islom davlatlari, hukumat rahbarlari, siyosiy partiyalar va faol nodavlat tashkilotlarning darhol chora ko’rishi talab qilindi.

Achinarlisi shuki, 1982 yili Myanmada qabul qilingan qonun asosida fuqarolikdan chiqarilgan musulmonlar bevatan bo’lib hisoblanadi.

BMT tomonidan aziyat chekkan diniy etnik xalq sifatida qabul qilingan arakanlik musulmonlar qonuniy zo’ravonliklardan tashqari, iqtisodiy qiyinchiliklar va ommaviy kamsitilish kabi holatlarga duch kelmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar