Gollandiyada jome minorasida irqchi iboralari joy olgan plakat osildi

Gollandiyada, o'ta milliyatchi "ID Verzet" guruhi a'zolari, Tevhid jomesining minorasiga plakat osdi.

800269
Gollandiyada jome minorasida irqchi iboralari joy olgan plakat osildi

Gollandiyada, o'ta milliyatchi "ID Verzet" guruhi a'zolari, Venlo shahrida qurilishi davom etgan Tevhid jomesining minorasiga chiqib islomofobi va irqchilik iboralari joy olgan plakat osdi.

Buni zimmaziga olgan ID Verzet, Diyonat fondiga bog'li jomeda Turk va Gollandiya tillarida, "Uzoq tur, Gollandiya bizning. Biz tumanimizda jome istamaymiz, musulmonlarni istamaymiz" degan iboralar yozilgan plakat va namoyishchilarning rasmlarini ijtimoi media orqali bahamlashib jomeni "Ishg'ol qilganliklarini" bildirdi.

Tevhid jomesi rahbari Ahmet Dursun, so'ngi 30 yilda ilk marta hududda bu kabi bir hodisa ro'y berganini ifoda etib, tashabbusni qoraladi.

Voqeada, ommaviy jamoatchilik xabardor bo'lgandan keyin, ayrim yoshlarning oraga kirishni istagani, lekin bunga ruxsat bermaganliklarini ifoda etgan Dursun, quyidagicha so'zladi: "Bu shaklda musulmonlarni jig-gijlamoqchilar, lekin biz rasmiy yo'llarni izlaymiz. Hokmiyat rahbari va boshqa vakillar bilan ko'rishdik. Unlar bizni dastaklamoqda. Bu hodisalarning takrorlanmasligi uchun kerakli chora-tadbirlar olamiz" dedi.

Dursun, xavfsizlik kuchlarining bunga qo'l urganlarni topib nazorat ostiga olganini va atrofda xavfsizlik o'natilganini izohladi.

PEGIDA harakati a'zosi bir guruh, ma'lum muddat avval, Veghesh shahrida qurilishi davom etgan Selimiya jomesini va keyinchalik Leiden shahrida faoliyat olib borgan boshlang'ich maktab saviyasidagi musulmon o'quvini eshigida islomofobi va irqchi ifodalar yozilgan qog'oz osgan edi.



Aloqador xabarlar