Prezident Erdo'g'an, Istanbulda hayit bayrami bilan tabrikladi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Islom dunyosining qurbon hayit bayrami mahzun o'tganini izohladi.

799605
Prezident Erdo'g'an, Istanbulda hayit bayrami bilan tabrikladi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Islom dunyosining qurbon hayit bayrami mahzun o'tganini izohladi.

Erdo'g'an, Istanbulda Hazrati Ali Jomesida bayram namozidan keyin ma'ruza qildi.

Islom dunyosidagi muammolarga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Bir tomonda Suriya va Iroqdagi nizoh, boshqa tomonda Arakandagi vaziyat, o'lkamizda esa terrorga qarshi kurash. Bunlar bayramga soya tushirmoqda. Nima bo'lishidan qat'iy nazar biz bunlarga qarshi kurashishga davom etamiz" deb so'zladi.

Prezident Erdo'g'an,  Arakanda farqli bir falokat bo'lganini bildirib, "20 ming jabrdida, uylari va qishloqlari yoqilgani uchun tuproqlarini takr etib Bangladeshga borgan va yuzlab Rohingya musulmonning o'ldirilishi. Afsuski bunlar insonlarning ko'zlari oldida sodir etilmoqda afsuski insonlar bunga parvosiz" dedi.

Erdo'g'an, "Islom davlatrining rahbarlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterres bilan ko'rishdim. BMT ko'chmanchilar kengashida faoliyatlarimiz davom etmoqda" deb so'zladi.

Fransiya Prezidenti Emannuel Marconning bergan bayonotlari bilan aloqali savolga Erdo'g'an, "Men Marconining so'zlarini anglamadim. Janob Marcon o'zlari buni izoh etishi lozim. Menim bilganimcha uchrashuv talab qilganlariga ko'ra, uchrashuv talabini rad etmayman. Chunki do'stlarimizning ko'payishini istaymiz" deb ma'ruza qildi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining (Aqsh) Turk tan soqchisi bilan aloqali idaollarni qabul qilinishini ham baholagan Erdo'g'an, buning bir janjal bo'lganini izohladi. Erdo'g'an, "BMT xavfsizlik kengashining mehmonlari Aqshning xavfsizlik kuchlarini qo'riqlashdan mas'ul edi. Aqshning xavfsizlik kuchlari bizni qo'riqlash mas'uliyatini bajarmasa, boshqalari vazifasini o'zi qiladi. U yerdagi prokuror, Obama davridan qolgan bir prokuror bor. Bundan keyingi ziyoratimizda janob Trump bilan ko'rishamiz. Tashqi ishlar va Adolat vazirliklari mavzuga doir dialog olib bormoqda. FETO lideri hanuz muhofaza etilmoqda. Men AQShng nima qilmoqchi bo'lganini tushunmayman" deb mulohza bildirdi.

 



Aloqador xabarlar