Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda yig'ilishga chaqirdi

Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Metyu Raykroft ijtimoiy media tarmoqlari orqali Arakan muammosiga e’tibor qaratdi.

798759
Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda yig'ilishga chaqirdi

Buyuk Britaniya Myanmaning Arakan viloyatidagi vaziyatni muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda yig'ilishga chaqirdi.

Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Metyu Raykroft ijtimoiy media tarmoqlari orqali Arakan muammosiga e’tibor qaratdi.

U “Buyuk Britaniya Arakandagi vaziyatni muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashini darhol yig’ilishga chaqiradi. Barcha tomonlarni vazminlikka chaqiramiz”, - deya yozgan ijtimoiy tarmoqlarda.

BMT Xavfsizlik Kengashining bugun to’planishi kutilayotgan edi, lekin haligacha yig'ilishga doir biron rasmiy izoh berilmadi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham kuni kecha Arakanda xavfsizlik operatsiyasi bahonasida yuzlab musulmonlarning o'ldirilishidan chuqur iztirobda ekanini bildirgan edi.

25 avgust kuni politsiya nazorat markaziga sodir qilingan hujumdan so’ng, Myanma xavfsizlik kuchlari musulmonlarga qarshi tazyiqni kuchaytirgan edi.

Myanmaning Arakan viloyatida qurolli kuchlar safidagi askarlar tomonidan uch kun ichida taxminan 3 mingdan ortiq musulmon o'ldirilgan, 100 mingdan ortiq inson o'z uyidan ko'chishga majbur bo’lgan.



Aloqador xabarlar