BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyani raketa sinovlari tufayli qoraladi

BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyaning chaqirig’i bilan favqulodda to’plandi.

798793
BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyani raketa sinovlari tufayli qoraladi

BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning so'nggi raketa sinovlarini qoraladi va ularni jahonning barcha mamlakatlariga tahdid sifatida baholadi.

Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumatini har qanday atom faoliyatni darhol to’xtatishga chaqirdi.

BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyaning chaqirig’i bilan favqulodda to’plandi.

Ma’lum bo’lishicha, Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning ballistik raketa faoliyatlari bo'yicha bir qarorga kelgan.

Yig’ilishda AQSh tomonidan mavzuga doir tayyorlangan bayonot ko’zdan kechirildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida Xavfsizlik Kengashiga a’zo 15 davlatning ham roziligi bilan Shimoliy Koreya bo’yicha bayonot qabul qilindi.

“Shimoliy Koreyaning Yaponiya ustidan uchib o'tgan ballistik raketa parvozini amalga oshirgani, shuningdek, 25 avgust kuni ko'plab ballistik raketalar uchirilishi tufayli jiddiy qoralaymiz. Shimoliy Koreyaning bunday harakatlari nafaqat mintaqaga, balki BMTga a’zo barcha davlatlariga tahdid soladi”,-deyiladi bayonotda.

“BMT Xavfsizlik Kengashi Koreya yarim orolini atom qurollardan tozalashga qat’iydir”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Xavfsizlik Kengashining talabiga ko’ra, Shimoliy Koreya Amerikaning Guam oroliga zarba berish bilan qo'rqitishni bas qilishi lozim.

Bayonotda masalani tubdan hal qilish uchun diplomatik va tinchliksevar yo’llar bilan tashabbus olib borish zarurligi qayd etildi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar