AQSh Rossiya va Xitoy kampaniyalariga sanksiya berishga qaror berdi

AQSh Rossiya va Xitoyni Shimoliy Koreyaning atom dasturini rivojlantirishga yordam berganlikda ayblamoqda.

795741
AQSh Rossiya va Xitoy kampaniyalariga sanksiya berishga qaror berdi

AQSh Shimoliy Koreyaning atom dasturini rivojlantirishga yordam berganlikda ayblab, Rossiya va Xitoy kampaniyalariga nisbatan sanksiya qo’llash to’g’risida qaror qabul qildi.

Bu qaror Rossiya va Xitoy hukumatlarini g’azablantirdi.

“Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori bo’lgan AQShning bu qarori ijobiy natijaga olib kelmaydi”,-deydi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzia.

U AQShning bir tomonlama sanksiyalarini qoralar ekan, buning qonunga hilof ekanini tilga oldi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi kotibi Hua Chunying esa, poytaxt Pekindagi shoshilinch matbuot anjumanida, AQSh hukumatini Xitoy kampaniyalariga nisbatan sanksiya qaroridan voz kechishga chaqirdi.

“Oq Uy rahbariyatining bunday munosabati ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ishonch va hamkorlikka putur yetkazadi”,-deydi Xitoy tashqi ishlar vazirligi kotibi.

Eslatma: AQSh hukumati Shimoliy Koreyaning atom qurol va ballistik roketa dasturlarini qo’llab quvvatlaganlikda ayblab Rossiya va xitoylik 16 shaxs va kampaniyaga nisbatan sanksiya qarori olgan edi.

 



Aloqador xabarlar