AQShning “jinoyatlar shahri” bo'lmish Chikagoda 1 yilda 422 kishi o'ldirilgan

Chikago politsiyasi juma kunidan yakshanba kunigacha shaharda ro'y bergan qurolli hujumlarga doir hisobotni ma’lum qildi.

793511
AQShning “jinoyatlar shahri” bo'lmish Chikagoda 1 yilda 422 kishi o'ldirilgan

AQShning “jinoyatlar shahri” bo'lmish Chikago shahrida sodir bo’lgan qurolli hujumda 8 kishi halok bo’ldi, 54 kishi yaralandi.

Chikago politsiyasi juma kunidan yakshanba kunigacha shaharda ro'y bergan qurolli hujumlarga doir hisobotni ma’lum qildi.

Hisobotga ko’ra, shaharning ayniqsa janubiy territoriyalarida avj olgan turli jinoyatlarda 8 kishi halok bo’lgan, 54 kishi turli jarohatlar olgan.

Chikagoda bir yil ichida ro’y bergan qurolli hujumlar oqibatida esa, jami 422 kishi o’ldirilgan, 2013 kishi yaralangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Chikago , #jinoyatlar shahri , #qurolli hujum

Aloqador xabarlar