Xitoy, Rossiya va Germaniya Koreya yârim orolidagi vaziyatni muhokama qildi

Xitoy:Koreya yârim orolidagi atom inqirozini tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish barcha tomonlarning mushtarak manfaatiga xizmat qiladi.

790961
Xitoy, Rossiya va Germaniya Koreya yârim orolidagi vaziyatni muhokama qildi

Xitoy, Rossiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Koreya yârim orolidagi vaziyatni muhokama qildi.

Ular Koreya yârim orolidagi keskinlikni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish tarafdori ekanini ma’lum qildilar.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Van Yi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefonda muloqot o’tkazib, ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan, shuningdek Koreya yârim orolidagi mavjud vaziyat haqida fikr almashgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Koreya yârim orolidagi atom inqirozini tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish barcha tomonlarning mushtarak manfaatiga xizmat qilishini aytgan.

“Barcha tomonlarning sa’y-harakatlari tufayli Koreya yarim orolidagi keskinlik asta-sekin pasaymoqda, biroq “avgust inqirozi” butkul bartaraf etilmadi, tomonlar uni yakunlash bo'yicha tezkor harakatlarni amalga oshirishi lozim”, - deya ma’lum qildi Xitoy tashqi ishlar vaziri.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Shimoliy Koreyaning atom tahdidini harbiy yo’llar bilan to’xtatib bo’lmaydi. Aksincha, siyosiy va diplomatik faoliyatlardan foydalanish zarur.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel bilan bo’lgan muloqotida esa, barcha tomonlarning g’ayrati bilan Koreya yârim orolidagi vaziyat asta-sekin o’zgarmoqda, lekin vaziyatni butkul yaxshilash uchun sa’y-harakatlarni davom ettirish kerakligini ta’kidladi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabrielning fikricha, barcha tomonlar Koreya yârim orolining taqdirini muhokama qilar ekan, Yevropaning o’tmishidan ibrat olishi kerak.

U tomonlarni tarixga nazar tashlagan holda, adolatli hukm chiqarish va oqilona ish yuritishga chaqirdi.

Gabriel Xitoyning ushbu masalani hal qilishda ko’rsatgan g’ayratini taqdirladi.

 



Aloqador xabarlar