Nigeriyaning shimoli-sharqida terrorchilik harakati sodir bo’ldi

Nigeriya hukumati ushbu teraktda “Boko harom” guruhi jangarilarining qo’li borligini taxmin qilmoqda.

790982
Nigeriyaning shimoli-sharqida terrorchilik harakati sodir bo’ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqida ketma-ket terrorchilik harakatlari sodir bo’ldi.

Bulardan biri 27 kishining hayotiga zomin bo'ldi, 83 kishi yaralandi.

“Konduga” qishlog'idagi bozorlardan birida xudkush ayol yonidagi bombani portlatib yuborgan.

Nigeriya hukumati ushbu teraktda “Boko harom” guruhi jangarilarining qo’li borligini taxmin qilmoqda.

Portlashning biri qochqinlar lageri yonida ro’y bergan bo’lib, xudkush bombachi o’zini lager oldida portlatib yuborgan.

Bu portlash oqibatida hech kim halok bo'lmagan.

Eslatma: 28 iyulda “Boko harom” jangarilari neft razvedkasi olib borayotgan geologlar guruhiga hujum qilgandi.

Hujum oqibatida 50 kishi halok bo'lgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar