Sera Leonning poytaxti Freetownda yog'ingarchilik natijasida insonlar qurbon bo'ldi

Sera Leonning poytaxti Freetowda sel va tuproq ko'chkisi natijasida 200 dan ziyod kishi hayotdan ko'z yumdi.

789783
Sera Leonning poytaxti Freetownda yog'ingarchilik natijasida insonlar qurbon bo'ldi

G'arbiy Afrika davlatlaridan Sera Leonning poytaxti Freetownda haddan tashqari yog'ingarchilik sababli maydonga kelgan sel va tuproq ko'chkisi natijasida 200 dan ziyod kishi hayotdan ko'z yumdi.

Connaught kasalxonasida ishlagan Adli tabib vakili Sinneh Kamara, mahalliy mediaga bergan bayonotida, shaharda tabiiy halokat natijasida kamiga 200 kishining qurbon bo'lganini izohladi.

Sierra Leon davat televideniyasi ham tabiiy ofat tufayli dasturini to'xtatib yaqinlarini izlagan va jasadlarni guruch qoplari bilan olib borgan insonlarni ko'rsatmoqda.

Qidiruv teshirv faoliyatlarini ko'maklashi uchun hududga askarlar yuborildi.



Aloqador xabarlar