Nepalda suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida 70 kishi halok bo'ldi

Nepal sog’liqni saqlash vazirligi suvdan yuqadigan kasalliklarga qarshi xalqni ogohlantirmoqda.

789774
Nepalda suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida 70 kishi halok bo'ldi

Nepalda yuz bergan suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida halok bo'lganlar soni 70 kishiga yetdi.

Tabiiy ofatlar oqibatida 20 kishi yaralanar ekan, 50 kishi bedarak yo’qolgan.

Nepal sog’liqni saqlash vazirligi suvdan yuqadigan kasalliklarga qarshi xalqni ogohlantirmoqda.

Ichki ishlar vaziri Janardan Sharma mahalliy radiodan xalqqa hitob qilar ekan: “Sharqiy hududlarda suv sathi pasaydi, lekin g’arbiy hududlarda sellar davom etmoqda. Vaziyatni muhokama qilyabmiz”,-dedi.

Tabiiy ofatdan zarar ko’rgan aholiga chodir, oziq-ovqat tarqatilmoqda va tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.

Xavfsizlik boshqarmasi kotibi Pushkar Karki ma’lum qilishicha, kecha taxminan 31 ming oilaning uyi vayron bo’lgan.

Odatda, Nepalda iyun oyida boshlanadigan kuchli yog’ingarchiliklar sentyabr oyigacha davom etadi.

Mamlakatda o’tgan yili iyul oyida kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel va tuproq ko’chkilari sodir bo’lgan edi va 75 kishi halok bo’lgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar