Qatar bilan Buyuk Britaniya 3-mushtarak harbiy mashg’ulotini yakunladi

Tadbiqotda Qatar harbiy fakultetidan 212 nafar ofitser bilan Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari safidan 51-bo’linma ishtirok etdi.

788916
Qatar bilan Buyuk Britaniya 3-mushtarak harbiy mashg’ulotini yakunladi

Qatar bilan Buyuk Britaniyaning 3-mushtarak harbiy mashg’uloti o’z nihoyasiga yetdi.

Bu haqda Qatar Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Qatar “Ahmad Bin Muhammad” harbiy fakulteti bilan Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari o’rtasida amalga oshirilgan mushtarak harbiy mashg’ulot o’z nihoyasiga yetdi”,-deyiladi bayonotda.

3 hafta davom etgan mashg’ulotda asosan, aholi punktlarida urush taktikalari, mudofaa, jang maydonida harakat bosqichlari va haqiqiy qurol-aslaha bilan tadbiqot sirlari o’rganildi.

Tadbiqotda Qatar harbiy fakultetidan 212 nafar ofitser bilan Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari safidan 51-bo’linma ishtirok etdi.

Eslatma: Buyuk Britaniya dengiz kuchlari iyul oyida ham Qatar bilan dengiz harbiy mashg’ulotini o’tkazgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar