Pokistonning Belujiston viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

12 avgust kechki payt sodir bo’lgan portlash oqibatida 15 kishi halok bo'lgan, kamida 25 kishi yaralangan.

788882
Pokistonning Belujiston viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

Pokistonning janubi g'arbida joylashgan Belujiston viloyatiga qarashli Kvetta shahrida portlash yuz berdi.

12 avgust kechki payt sodir bo’lgan portlash oqibatida 15 kishi halok bo'lgan, kamida 25 kishi yaralangan.

Pokiston Qurolli kuchlari bu haqda bayonot berdi.

“Belujiston viloyatining Ketta shahridagi ko’chalardan birida harbiy mashina o’tib ketayotgan paytda bomba portlatilgan. Portlashda 15 kishi halok bo’lgan. Bulardan 8 nafari askarlardan iborat”,-deyiladi bayonotda.

Belujiston viloyati bosh vaziri Sarfraz Bugti mahalliy matbuotga bergan bayonotida, Ketta shahridagi barcha shifoxonalarda shoshilinch vaziyat e’lon qilinganini va qo’shimcha salomatlik xodimlari safarbar etilganini ma’lum qildi.

Pokiston Harbiy bosh shtabi raisi general Kamer Javid Bejvaning fikricha, bu portlashdan asl maqsad 14 avgust Mustaqillik bayramiga soya tushirishdir.

“Pokiston Qurolli kuchlari hech qachon bunday portlashlarga bo’yin egmaydi”,-deydi Pokiston Harbiy bosh shtabi raisi.

Portlash sabablari va kimlar tomonidan sodir etilgani hozircha noma’lum.

Portlash tufayli shaharda favqulodda vaziyat tartibi joriy etildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar