Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiya qarori qabul qilindi

Sanksiya natijasida Shimoliy Koreyaning taqriban 3 milliard bo'lgan eksport daromadi 30 foizga ozayishi kutilmoqda.

784558
Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiya qarori qabul qilindi

BMT xavfsizlik kengashi tomonidan olingan qarorlarga e'tibor bermay yadroviy qurol faoliyatlarini davom ettirayotgan va yadro raketalarini sinovdan o’tkazishni davom ettirayotgan Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiya qarori qabul qilindi.

Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar AQSh tomonidan tayyorlanib kengashning e'tiboriga havola etilgan sanksiya qarorlari o'zaro munozara etildi.

Ushbu sanksiya matni xavfsizlik kengashiga a'zo bo'lgan 15 davlat tomonidan qo'llab quvvatlandi.

Sanksiya orqali, Shimoliy Koreyaning asosiy daromad manbalaridan bo'lgan ko'mir, temir, alyumin va dengiz mahsulotlarini olish man etilgan bo'lib, ushbu sanksiya natijasida Shimoliy Koreyaning taqriban 3 milliard bo'lgan eksport daromadi 30 foizga ozayishi kutilmoqda.

Sanksiya matnida, BMTga a'zo bo'lgan davlatlarga kelib ishlaydigan Shimoliy Koreya fuqarolariga mehnat vizasi berilmasligi ham o'rin oldi.

Bundan maqsad, Shimoliy Koreyada ishlab kelgan fuqarolarning o'z davlatiga valyuta olib kirishini oldini olishdan iborat.

Shuningdek, Shimoliy Koreyalik mutasaddi vakillarning va shirkatning "embargo ro'yxatiga" qo'yilishi ham qarorda aytib o'tildi.

 Mutasaddi vakillarning va shirkatlarning mablag'lari muzlatiladi va sayohat qilishi man etiladi.

Shimoliy Koreyaning yadroviy faoliyatlari sababli tatbiq etiladigan yangi sanksiyalar haqida munozara ketar ekan, yig'ilishda nutq so'zlagan AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haley: "Ushbu sanksiyalar, bir qarorning o'zida Shimoliy Koreya rejimiga nisbatan tatbiq etilayotgan eng og'ir cheklovlarni o'z ichiga oladi",-deb aytdi.

Uning aytishicha, bundan keyin Shimoliy Koreya o'z faoliyatlarini qaytatdan ko’zdan kechirishga qaror beradi.

Ushbu sanksiyalarning Shimoliy Koreya rahbariyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatishini aytib o'tgan Haley, Shimoliy Koreyaning qit'alararo harbiy raketa tajribalarini to'xtatishi kerakligini va olib borayotgan butun yadroviy faoliyatlaridan to'laqonli voz kechishi kerakligini talab qildi.

Shimoliy Koreya Respublikasi 2006 yildan e'tiboran BMTning sanksiyalariga qaramay yardoviy faoliyatlarini to'xtamay davom ettirib kelmoqda.

Shimoliy Koreya rahbariyati o'tgan oyda ikki marotaba qit'alararo harbiy raketa tajribasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirganligini e'lon qilgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #sanksiya , #AQSh , #BMT

Aloqador xabarlar