Saudiya Arabistoni valiahd shahxodasi Muhammad Bin Salmonga suiqasd...

Fors xabar agentligi Saudiya Arabistoni taxtining vorisi, valiahd shaxzoda Muhammad Bin Salmonga suiqasd sodir etilganini yozdi.

784992
Saudiya Arabistoni valiahd shahxodasi Muhammad Bin Salmonga suiqasd...

Saudiya Arabistoni valiahd shahxodasi Muhammad Bin Salmonga suiqasd uyushtirildi.

Fors xabar agentligi Saudiya Arabistoni taxtining vorisi, valiahd shaxzoda Muhammad Bin Salmonga suiqasd sodir etilganini yozdi.

 “Merat Al Jazira” nashrining xabariga ko’ra, shaxzoda Muhammadning joniga qasd qilgan kishi Saudiya Arabistoni qiroliyat sulolasidan bir shaxzoda.

Xabarda shaxzoda Muhammad Bin Salmonning ahvoli yaxshi ekani, suiqasd sodir qilgan shaxzoda esa, qo’lga olingani ma’lum qilindi.

Mutahassislarning fikricha, Qirol Salmon Bin Abdulaziz kutilgandan ham avvalroq taxtdan voz kechadi.

Taxminlarga ko’ra, nomi sir saqlangan suiqasdchi shaxzoda valiahd shaxzoda Muhammadning taxtni egallashiga qarshi bo’lgani uchun uni o’ldirmoqchi bo’lgan.

Saudiya saroyiga tayanib berilgan ma’lumotga ko’ra, Qirol Salmon Bin Abdulaziz taxtdan voz kechib, allaqachon vakolatlari, mas’uliyatlari va unvonini o’g’li shaxzoda Muhammadga topshirib bo’lgan. Lekin, buni e’lon qilish uchun to’g’ri vaqtni kutmoqda.

Qirol Salmon jiyani va sobiq valiahd shaxzoda Muhammad Bin Naifni xozirda uy qamog’ida saqlamoqda.

Uning bir oy ichida xorijga safar qilishi va o’g’lini vakil sifatida tayinlashi taxmin qilinmoqda.

Al Rey Al Yevm gazetasining xabariga ko’ra, Qirol Salmon oktyabr-dekabr oyi oralig’ida taxtdan voz kechadi.

2017 yil tugamasdan Saudiya Arabistoni taxtini egallashi aytilayotgan shaxzoda Muhammad Bin Salmon mudofaa vaziri sifatida olib borgan faoliyatlari hamda Yaman operatsiyasida o’ynagan faol ro’li va AQSh bilan tuzgan diplomatik munosabatlari bilan tanilgan.

 



Aloqador xabarlar