Hasan Ruhoniy Eron prezidenti sifatida qasamyod qildi
Tadbirda 130 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan qator vakillar va delegatsiyalar ishtirok etdi.
Eronda ikkinchi marta prezident etib saylangan Hasan Ruhoniy kecha parlamentda o’tkazilgan tantanali marosimda qasamyod qildi.
Tantanali qasamyod marosimi Tehrondagi mamlakat parlamenti binosida bo'lib o'tdi.
Tadbirda 130 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan qator vakillar va delegatsiyalar ishtirok etdi.
Marosimga Turkiyadan iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi qatnashdi.
O'zbekiston delegatsiyasiga esa, Oliy Majlisi Senati raisi Nig'matilla Yo’ldoshev boshchilik qildi.
Bundan tashqari, tadbirda Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari va xavfsizlik siyosati oliy maslahatchisi Federika Mogherini ham ishtirok etdi.
Ruhoniy qasamyod keltirgach, nutq so'zladi.
So’zlagan nutqida xorijlik mehmonlarga minnatdorlik bildirgan Hasan Ruhoniy "xorijlik mehmonlarning ishtirok etishi" Eron va boshqa davlatlar o'rtasidagi yaxshi munosabatlar belgisi ekanligini ta`kidlab o'tdi.
U davlat manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
68 yoshda bo’lgan Hasan Ruhoniy mamlakatda 19 may kuni o'tgan prezidentlik saylovlarida 57% ovoz olib, ikkinchi marta prezident etib saylandi.
Aloqador xabarlar
Indoneziyada 6 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi
Indoneziyaning Gorontalo shahri qirg‘oqlarida 6 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.