Rossiya 18 davlat fuqarolariga elektron viza bo’yicha qulaylik yaratdi

Rossiya hukumati Turkiya, Xitoy, Hindiston va Yaponiya bilan bir qatorda, jami 18 davlat fuqarolari uchun qulaylashtirilgan viza rejimini joriy etdi.

782076
Rossiya 18 davlat fuqarolariga elektron viza bo’yicha qulaylik yaratdi

Rossiya 18 davlat fuqarolariga elektron viza bo’yicha qulaylik yaratdi.

Mazkur davlatlar ichida Turkiya ham o’rin olgan.

Rossiya Uzoq sharq taraqqiyot vazirligi Turkiya, Xitoy, Hindiston va Yaponiya bilan bir qatorda, jami 18 davlat fuqarolari uchun qulaylashtirilgan viza rejimini joriy etdi.

Bu esa, avvalo Uzoq sharq federal mintaqasida kuchga kirdi.

Xozirda, Vladivostok shahrida ikki nafar chegara posti o’z faoliyatini boshladi.

“18 davlatning fuqarolari Rossiyaga elektron viza bilan Vladivostok porti va Knevichi aeroporti orqali kira oladi. 2018 yilning yanvar oyidan e’tiboran elektron viza bilan ishlaydigan bojxonalar soni 4 nafarga chiqadi. Bu faoliyat natijasida Kamchatka va Sahalin mintaqasiga sayohat qilish mumkin. Elektron vizalarning berilishi qulay bo’ladi”,-deydi Rossiya Uzoq sharq taraqqiyot vaziri Aleksandr Galushka.

Viza uchun murojaatlarga 3 kun ichida javob beriladi.

Bu vizaning muddati 30 kunni o’z ichiga oladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #elektron viza , #qulaylik , #Turkiya

Aloqador xabarlar