Qatar Arab davlatlarini Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi

Qatarning Jahon savdo tashkiloti vakili Ali al-Valid al-Soniyning aytishicha bunga qaramay muammo hal qilinmagudek bo’lsa unda Arab davlatlarining Qatarga nisbatan kiritgan sanksiyalariga qarshi kerakli javobni o’zlari bermoqchi.

781406
Qatar Arab davlatlarini Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi

Arab davlatlarining Qatarga nisbatan kiritgan sanksiyalarini savdo, xizmat va intellektual mulk huquqlarini paymol qilish deya baholagan Doha rahbariyati Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misrni Jahon savdo tashkiloti qoshidagi Nizolarni hal qilish organiga shikoyat qildi.   

Doha rahbariyatining ushbu murojaati orqali Ko’rfaz mamlakatlarida yuz bergan savdo nizolarini hal qilish uchun 60 kunlik jarayon ham boshlagan bo’ldi.

Qatarning Jahon savdo tashkiloti vakili Ali al-Valid al-Soniyning aytishicha bunga qaramay muammo hal qilinmagudek bo’lsa unda Arab davlatlarining Qatarga nisbatan kiritgan sanksiyalariga qarshi kerakli javobni o’zlari bermoqchi.

Aytib o’tish joizki al-Soniy huddi mana shu masalaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti yig’ilishida ham kun tartibiga olib chiqilajagini ta’kidladi.

Iqtisodiyot va savdo vaziri Shayx Ahmad bin Jasim bin Muhammad al-Soniy esa,

“Qatarga nisbatan sanksiya kiritgan Arab davlatlarining o’zboshimchalik bilan qilingan harakatlari xalqaro qaror, shartnoma va an’analarga to’g’ri kelmasligi bilan birga iqtisodiy klaster nuqtai nazaridan pretsedent yaratadigan voqeadir” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Al-Soniy, Iqtisodiyot va savdo vazirligi tomonidan Qatarning, ham o’zining ham da Qatar sheriklarining savdo va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar darajasida kerakli har qanday choralarni ko’rajagini ifodaladi.

Ko’rfazdagi muammo 5-iyun kuni Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr rahbariyatining Qatar bilan bo’lgan barcha diplomatik munosabatlarini uzishi bilan boshlagan edi.

Qatarga sanksiya kiritgan to’rtta Arab davlati Qatar bilan bo’lgan munosabatini qayta tiklash uchun Doha rahbariyatiga 13 moddalik talab ro’yhati taqdim etgan. Qatar esa bunga qarshi xalqaro huquq talablariga javob bermaydigan hech qanday talabni qabul qilolmasliklarini ma’lum qilgan edi.  

 



Aloqador xabarlar