Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o'rtasida erkin harakatlanish to'xtatiladi

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o'rtasida fuqarolarning erkin harakatlanishi 2019 yilning martida o’z nihoyasiga yetadi.

781464
Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o'rtasida erkin harakatlanish to'xtatiladi

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o'rtasida fuqarolarning erkin harakatlanishi 2019 yilning martida o’z nihoyasiga yetadi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vazirligi bayonot berdi.

“Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan ajralgandan keyin ham erkin harakatlanishni davom ettiradi deb bo’lmaydi”,-deyiladi bayonotda.

“Erkin harakatlanish 2019 yilning mart oyida to’xtatiladi. Fuqarolik haq va huquqiga doir bir qancha tavsiyalar berdik. O’tgan hafta ichki ishlar vaziri 2019 yilning mart oyidan keyin mamlakatga keladigan Yevropa ittifoqi fuqarolarini qaydga olish uchun yangi usul ishlab chiqdi”,-deyiladi bayonotda.

Brexitdan so’ng, kuchga kiradigan migratsiya nazorati bilan bog’liq faoliyatlarga o’z vaqtida aniqlik kiritiladi.

Xozirda mavzuga doir qonun taklifi ustida bosh qotirilmoqda.

Yevropa ittifoqiga a’zo 27 davlatning fuqarolari 2019 yilgacha erkin harakatlanish imkoniyatlaridan foydalanib, Buyuk Britaniyaga hech qanday cheklovsiz to’g’ridan borib joylashishi, ish qidirishi va mehnat qilishi mumkin.

Buyuk Britaniya moliya vaziri Filip Hammond Buyuk Britaniya bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida iqtisodiy aloqalar har doimgidek davom etishi kerakligini bildirib, “2019 yilning 29 mart kuni Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi bilan bosqichma-bosqich yangi jarayonga qadam bosar ekan, bir qancha jihat xozirdagiga o’xshash bo’ladi”,-degandi.

2016 yilning 23 iyun kuni Buyuk Britaniyada o’tkazilgan referendumda saylovchilarning 52%i Yevropa ittifoqidan ajralish istagi bilan ovoz bergan edi.

Hukumat esa, mart oyida Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishdan rasman bosh tortish ishlarini yo’lga qo’ygan edi.

Buning uchun ikki yillik jarayon boshlatilgan edi.

Brexit muzokaralari 2019 yilning mart oyida yakunlanishi nazarda tutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar