Gruziyada AQSh boshchiligida “Noble Partner-2017” harbiy mashg’uloti boshlandi

Harbiy mashg’ulotga qatnashgan davlatlar: Turkiya, Gruziya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Sloveniya, Armaniston va Ukraina.

780864
Gruziyada AQSh boshchiligida “Noble Partner-2017” harbiy mashg’uloti boshlandi

Kecha Gruziyada Amerika qo’shini boshchiligida “Noble Partner-2017” harbiy mashg’uloti boshlandi.

Mashg’ulotga NATOga a’zo 5 ta mamlakat bilan bir qatorda, 3 ta hamkor davlat ishtirok etmoqda.

Harbiy mashg’ulotga qatnashgan davlatlar: Turkiya, Gruziya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Sloveniya, Armaniston va Ukraina.

Mashg’ulotning ochilish marosimi Tbilisiga taxminan 20 km uzoqlikda joylashgan “Vaziani” harbiy aeroportida bo’lib o’tdi.

“Noble Partner-2017” ko’p davlatli harbiy mashg’ulotlar Gruziyada 3-marta o’tkazilmoqda.

Mazkur harbiy mashg’ulotda NATOga a’zo va hamkor davlatlar o’rtasidagi barqarorlik, mudofaa va jangovar operatsiyalaridagi qobiliyatini rivojlantirish va NATO jangovar kuchining (NRF) harbiy ta’lim strategiyasini oshirish,  NATO jangovar kuchlar safidagi davlatlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlashtirish maqsad qilinmoqda.

Gruziya mudofaa kuchi rahbarining birinchi o’rinbosari polkovnik Nikoloz Janjgavaga ko’ra, harbiy mashg’ulotning asosiy maqsadi va vazifasi Gruziya va hamkor qo’shinlarning NATO va AQSh qo’shini bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishdir.

 

 

 



Aloqador xabarlar