AQSh qo’shini tarkibida 5 yil ichida 9512 nafar askar o’z joniga qasd qilgan

“JAMA psixiatriya” jurnalining internet sahifasida, “Qo’shin safida xizmat qilgan askarlarning o’z joniga qasd qilish xavfi” nomli tadqiqot natijalari chop etildi.

778617
AQSh qo’shini tarkibida 5 yil ichida 9512 nafar askar o’z joniga qasd qilgan

AQSh qo’shini tarkibida 5 yil ichida 9512 nafar askar o’z joniga qasd qilgan.

Bu holat 2004 yildan 2009 yilgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.

“JAMA psixiatriya” jurnalining internet sahifasida, “Qo’shin safida xizmat qilgan askarlarning o’z joniga qasd qilish xavfi” nomli tadqiqot natijalari chop etildi.

Olib borilgan tadqiqotda qo’shin safida xizmat qilgan askarlarning nima uchun o’z joniga qasd qilishi va buning sabablari ko’zdan kechirildi.

Marilanddagi davlatga qarashli Salomatlik Bo’limi Harbiy xizmatlar universitetidagi psixiatrlar 2004 va 2009 yillar oralig’ida faol xizmat o’tagan askarlar orasida o’z joniga qasd qilish hodisalarini tekshirib chiqdi.

Tadqiqodga ko’ra, qo’shindagi askarlardan o’ziga zarar bermoqchi bo’lganlarning 86%i erkak, 68%i 30 yoshdan kichik bo’lgan askarlar va 60%i oq tanli amerikaliklarni tashkil qiladi.

“Bir qo’shinda o’z joniga qasd qilish holati kuzatilgan bo’lsa, bu o’sha qo’shin safidagi askarlarning ham o’ziga zarar berish xavfini oshiradi”,-deb yozadi Dr. Robert Ursano jurnalda o’rin olgan maqolasida.

San Antonioda Texas universiteti qoshidagi salomatlik markazi psixiatristi prof. Alan Peterson ham tadqiqot bilan bog’liq maqolasida: “Harbiy xizmatdagi shart-sharoitlar ham askarlarning o’z joniga qasd qilishiga olib kelishi mumkin”,-deb yozadi.

Harbiy salomatlik sistemasiga ko’ra, mamlakatda kuzatilgan bunday holatlarning 20%i pensiyaga chiqqan sobiq harbiylarni tashkil qiladi.

 



Aloqador xabarlar