AQSh Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga takror sanksiya bermoqchi...

AQSh senati Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni kengaytirishni bir ovozdan qabul qildi.

777790
AQSh Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga takror sanksiya bermoqchi...

AQSh Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga takror sanksiya bermoqchi.

AQSh senati Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni kengaytirishni bir ovozdan qabul qildi.

“Sanksiyalar yo’li bilan Amerikaning dushmanlariga qarshi kurash” nomli qonun taklifiga 419 senator ma’qul ovozi berdi, 3 senator qarshi ovoz berdi.

Qonun taklifiga ko’ra, Rossiyaga Ukraina bilan bog’liq siyosati tufayli sanksiya berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Eron va Shimoliy Koreya esa, atom va ballistik roketa dasturi tufayli sanksiya bilan jazolantiriladi.

Mutahassislarning fikricha, mazkur qonun taklifi tufayli Donald Trampning Rossiya bilan uningsiz ham yaxshi bo’lmagan munosabatlari takror zarar ko’radi.

Agar, Tramp xozirda Rossiyaga nisbatan amalda bo’lgan sanksiyalarni yengillatmoqchi yoki butunlay bekor qilmoqchi bo’lsa, kongressdan ruhsat olishga majbur.

Bu esa, yangi qonun taklifining eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri hisoblanadi.

Senat raisi Paul Ryan taklif matnini mamlakat tarixining eng katta keng ko’lamli qonun takliflaridan biri deb baholamoqda.

Tashqi aloqalar komiteti raisi Ed Roycening fikricha, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya azaldan AQShning milliy manfaatlariga xavf solib kelgan.

Shu sababli, bunday sanksiya berish orqali oxirgi paytlarda roketa tajribalari avj oldirgan Shimoliy Koreya hukumati qattiq ogohlantiriladi.

Bu taklif qonun sifatida kuchga kirishi uchun avvalo senatoda qabul qilinishi zarur, so’ngra Tramp qonunni tasdiqlashi yoki veto qilishi mumkin.

Oq Uyning bayonotiga ko’ra, Tramp ushbu masala bo’yicha hali aniq qarorga kelmagan.

Tramp bundan oldingi izohlarida Rossiyaga berilgan sanksiyalarni yengillatishini ma’lum qilgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rossiya , #Eron , #Shimoliy Koreya , #sanksiya

Aloqador xabarlar