Xitoy AQShni o’z hukmronligidagi territoriyalardan uzoq turishga chaqirdi

Xitoy hukumati Amerika jangovar samolyotlariga Xitoy jangovar samolyotlari tomonidan o’ta xavfli ravishda halaqit berilgani haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etdi.

777466
Xitoy AQShni o’z hukmronligidagi territoriyalardan uzoq turishga chaqirdi

Xitoy hukumati Amerika jangovar samolyotlariga Xitoy jangovar samolyotlari tomonidan o’ta xavfli ravishda halaqit berilgani haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etdi.

Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Xitoy mudofaa vazirligi Vashington hukumatini o’z hukmronligidagi territoriyalardan uzoq turishga chaqirdi.

Mudofaa vazirligi kotibi Rin Guachian yozma bayonotida, xitoylik uchuvchilar qonunga amal qilgan holda, professional tadbir olganligini ta’kidlab: “AQSh qurolli kuchlari sharqiy Xitoy dengizidagi xavfli faoliyatlariga yakun yasashi kerak”,-dedi.

Bayonotga ko’ra, AQSh havo kuchlariga oid jangovar samolyot yakshanba kuni sharqiy Xitoy dengizidagi havo harbiy bazasiga yaqinlashgan.

Shu tufayli, xitoylik uchuvchilar qonunga muvofiq AQSh samolyotlarini o’z territoriyasidan uzoqlashtirgan.

Xitoy rasmiylariga ko’ra, AQSh samolyotlari bu shaklda ikki davlat uchuvchilarining xavfsizligini tahlikaga solgan.

“AQSh ehtimoliy fojialarni oldini olish uchun mintaqada xalqaro huquqqa hilof harbiy faoliyatlarini to’xtatishi zarur”,-deydi Xitoy tashqi ishlar vazirligi kotibi Lu Kang.

Eslatma: AQSh dengiz floti rasmiylari sharqiy Xitoy dengizi bilan Sariq dengiz o’rtasida ketayotgan “EP-3” jangovar samolyoti xalqaro havo maydonida Xitoyga tegishli ikkita J-10 jangovar samolyoti tomonidan xavfli ravishda oldi to’silganini ilgari surib, Xitoyni ayblagan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #AQSh , #Xitoy dengizi , #mudofaa

Aloqador xabarlar