AQSh davlat kotibi Reks Tillerson o'z vazifasidan iste'fo etishi mumkin...

Taxminlarga ko’ra, Tillerson prezident Donald Tramp hukumati bilan o’zaro kelisha olmayotir.

777109
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson o'z vazifasidan iste'fo etishi mumkin...

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning muddatdan oldin vazifasidan iste’fo etishi taxmin qilinmoqda.

Taxminlarga ko’ra, Tillerson prezident Donald Tramp hukumati bilan o’zaro kelisha olmayotir.

Amerika matbuotida yozilishicha, Reks Tillersonning Tramp siyosatidan umidlari puchga chiqqan va shu sababli u o’z vazifasidan iste’fo etishini ilgari surgan.

CNN International xabariga ko’ra, Oq Uy voizi Sean Spicer o’tgan hafta iste’fo etgach, Tillersonning ham iste’fosi kun tartibdan joy olgan.

Xabarda yozilishicha, Tillerson AQSh bilan Eron o’rtasidagi munosabatni mustahkamlash va AQSh kotibligining kadrlar siyosati bo’yicha Oq Uy rahbariyati bilan kelisha olmagan.

Manbalarning so'zlariga ko'ra, Tillerson AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat bosh prokurori Jyeff Seshnsga nisbatan oshkora bildirgan fikrlarini noprofessional, deb baholagan.

Amerika matbuotida yozilgan ba’zi xabarlarga ko’ra, Tramp Tillersonni iste’fodan voz kechirishga harakat qilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar