Halid al-Atiyya, "Qatar o’zini-o’zi himoya qilishga tayyor".

O’tgan hafta 1-iyul kuni, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan uchrashgan Qatar Mudofaa vaziri Halid al-Atiyya, “Sky News Britain” kanaliga intervyu berdi.

763227
Halid al-Atiyya, "Qatar o’zini-o’zi himoya qilishga tayyor".

Halid al-Atiyya, Qatarning o’zini-o’zi himoya qilishga tayyor ekanligini qayd etdi.

O’tgan hafta 1-iyul kuni, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan uchrashgan Qatar Mudofaa vaziri Halid al-Atiyya, “Sky News Britain” kanaliga intervyu berdi.   

Al-Atiyya,

“Umid qilamanki harbiylarimizni aralashtirishga majbur bo’lib qolmaymiz lekin biz o’z yurtimizni himoya qilishga har doim tayyormiz” dedi.  

“Qatar har doim osonlikcha yo’q qilinadigan bir davlat emasligini isbotlab kelgan” degan Atiyya Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misrning talablarini Qatar mustaqilligiga qaratilgan hujum sifatida baholaganligini qayd etdi.

Qo’shni davlatlarning Qatar rejimini o’zgartirishga harakat qilib qilmayotganligi haqidagi savolga esa Al-Atiyya,

“Men taxminlar ustidan emas, haqiqatlar ustidan gapiraman. 1996-yili og’ir, 2014-yili esa yengil-yelpi to’ntarishga tashabbus qilindi. 2017-yili ham huddi shunday, asta sekin to’ntarishga tashabbus qilindi” deya javob berdi.  

Halid al-Atiyya, Qatarga nisbatan sanktsiya kiritgan mamlakatlarning “terrorni qo’llab-quvvatlash va ikki yuzlamachilik” kabi ayblovlarini esa rad etdi.  



Aloqador xabarlar