Steffan de Mistura Suriyada to'qnashuvlar davom etganini bildirdi

BMT Suriya maxsus vakili Steffan de Mistura, Suriyaning ko'p shahrida kundalik hayotning muvozanatga kirganini lekin ayrim hududlarda to'qnashuvlarning avj olganini izohladi.

760702
Steffan de Mistura Suriyada to'qnashuvlar davom etganini bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Suriya maxsus vakili Steffan de Mistura, "Xavfsiz hudud" kelishuvi tuzilgandan keyin Suriyaning ko'p shahrida kundalik hayotning muvozanatga kirganini lekin ayrim hududlarda to'qnashuvlarning avj olganini izohladi.

De Mistura, Turkiya ham kafolachi davlatlardan biri bo'lgan Ostona kelishuvi tuzilgandan keyin ko'p shaharlarda to'qnashuvlar kamaygani, ayrimlarida esa kundalik hayotning o'z muvozanatiga kirganini tushuntirdi.

Mistura ayrim shaharlarda "To'liq xavfsizlik bo'lib bo'lmaganini kuzatib borayapmiz" dedi.

Ostona kelishuvining gumanitar yordamlarga to'liq ask etmaganini eslatgan Mistura, to'qnashuvlar kamayganiga qaramasdan yordamlarni yetkazish mavzusida qoniqarli sharoit bo'lmaganini izohladi.

Shveysariyaning Jeneva shahrida bo'ladigan muzokaralarning 10-Iyul kuni boshlanishini eslatgan de Mistur, 4-5 Iyul kunlari Qozogistonning poytaxti Ostonada bo'ladigan uchrashuvlarga o'zining ham ishtirok etishini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar