Pokiston Afg’oniston chegarasini sim to’rlar bilan to’sa boshladi

Afg’oniston chegarasida sodir bo’layotgan terrorchilik harakatlarini oldini olish maqsadida o’ta tahlikali hududlar tikanli sim to’rlar bilan to’silmoqda.

756805
Pokiston Afg’oniston chegarasini sim to’rlar bilan to’sa boshladi

Pokiston Afg’oniston chegarasini sim to’rlar bilan to’sa boshladi.

Pokiston qo’shini bayonotiga ko’ra, Afg’oniston chegarasida sodir bo’layotgan terrorchilik harakatlarini oldini olish maqsadida o’ta tahlikali hududlar tikanli sim to’rlar bilan to’silmoqda.

“Birinchi bosqichda Bajaur, Mohmand va Hayber qabilalari yashagan  hududlar sim to’rlar bilan to’siladi. Chunki, bu hududlar o’ta tahlikali hududlar bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda esa, Belujiston viloyati chegarasi sim to’rlar bilan to’siladi”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumotga ko’ra, chegarada olinadigan bunday choralar ikki mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladi.

Ikki davlat o’rtasida 19 asrda inglizlar tomonidan chizilgan jami 2400 kmlik chegara mavjud. Ushbu chegara “Durand chizig’i” deb ataladi.

Peshtun aholini ikki davlatga bo’lgan “Durand chizig’i”ni Afg’oniston tan olmaydi.

Pokiston va Afg’oniston hukumatlari uzoq yillar mobaynida bir-birini o’z hududlaridagi terroristlarga ko’z yumganlikda ayblab keladi.

Pokiston hukumati oxirgi paytlarda mamlakatda avj olgan terrorchilik harakatlari Afg’onistonda faoliyat ko’rsatgan terror tashkilotlaridan kelib chiqqanini sabab qilib ko’rsatib, fevral oyidan beri o’rtasidagi ikki chegarasini yopib tashlagan edi.

Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif 20 mart kuni chegarani takror ochishga buyruq bergan edi.

 

 



Aloqador xabarlar