Londondagi yong'inda halok bo'lganlar soni 79 kishiga yetdi

Tereza Mey jabrlanganlar uchun 5 mln sterlin moddiy yordam o’tkazishga va’da berdi.

755628
Londondagi yong'inda halok bo'lganlar soni 79 kishiga yetdi

Londondagi 24 qavatli turar joy binosida ro'y bergan yong'in natijasida halok bo'lganlar soni 79 kishiga yetdi.

Politsiya yong’in paytida bedarak yo’qolganlar ham halok bo’lganlar qatoriga qo’shilishini ma’lum qildi.

Yong’inning suiste’mollikdan kelib chiqqanini ilgari surganlar va davlat rasmiylarini ayblaganlarning namoyishlari davom etmoqda.

Namoyishchilar bosh vazir Tereza Meyning iste’fosini talab qilmoqda.

Tereza Mey jabrlanganlar uchun 5 mln sterlin moddiy yordam o’tkazishga va’da berdi.

Eslatib o'tamiz, 14 iyun kuni Londondagi 24 qavatli “Grenfell Tower” turar joy binosida ashaddiy yong'in yuz bergan edi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #London , #yong'in , #Tereza Mey , #namoyish , #politsiya

Aloqador xabarlar