AQSh bilan Qatar mushtarak harbiy tadbiqot o’tkazish arafasida…

AQShga tegishli ikkita harbiy kema Qatar dengiz kuchlari bilan mushtarak tadbiqotga qatnashish maqsadida Qatardagi Xalqaro Hamad portiga yetib kelgan.

753188
AQSh bilan Qatar mushtarak harbiy tadbiqot o’tkazish arafasida…

AQSh bilan Qatar mushtarak harbiy tadbiqot o’tkazish arafasida…

Bu haqda Qatar Mudofaa vazirligi ma’lum qiladi.

Ma’lumotga ko’ra, AQShga tegishli ikkita harbiy kema Qatar dengiz kuchlari bilan mushtarak tadbiqotga qatnashish maqsadida Qatardagi Xalqaro Hamad portiga yetib kelgan.

Tadbiqotning qachon boshlanishi va tafsilotlari haqida biron ma’lumot berilmagan.

Mazkur tadbiqot Qatar bilan ba’zi arab davlatlari o’rtasida ro’y bergan ziddiyatdan keyingi dastlabki mushtarak tadbiqot bo’lib hisoblanadi.

Ma’lum bo’lganidek, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va Yaman 5 iyun kuni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblab, Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatgan edi.

Qatarga havo chegaralarini ham yopgan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn qatarlik diplomatlarga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat bergandi.

Saudiya Arabistoni Qatar bilan bo’lgan birgina quruqlik chegarasini ham yopdi.



Aloqador xabarlar